“Kelajakka qadam” - “o‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati vakillari tashrifi.
05.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rahbariyati taklifiga binoan “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati vakillari vakillari tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Mirzo Ulug‘bek Bank xizmatlari markazi “Kelajakka qadam” Markazi bo‘limi bosh mutaxassisi Saida’zamov Hasan Sohib o‘g‘li “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda talablarga oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shu jumladan, talabalarga “Kelajakka birinchi qadam”, “Kelajak uchun start” va “Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun” kabi bank tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ham aytib o‘tildi.
Talabalar tomonidan ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javob tariqasida suhbat o‘tkazildi va o‘z yashash manzili bo‘yicha jamiyat mas’ul vakillariga murojaat qilishi va keyingi qadamlarni belgilab olishi tavsiya etildi.
Tadbir qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov ma’lumoti