Universitetda Hindiston madaniyatiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

06.12.2025

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga xalqaro hamkorlik doirasida yuksak darajadagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

  Tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi janob Toyvo Klaar hamda Hindiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant tashrif buyurdi.

  Uchrashuv do‘stlik, madaniyatlararo muloqot va hamkorlik ruhida o‘tdi. Xonim Smita Pant boshchiligidagi Hindiston elchixonasi jamoasi tomonidan universitet talabalariga rang-barang hindcha raqslar, an’anaviy musiqa ijrolari va madaniy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar va mehmonlar Hindistonning boy madaniy merosi, san’ati va raqs an’analari mujassam bo‘lgan ushbu konsertdan katta taassurot oldilar.

  Bunday uchrashuvlar talabalar uchun nafaqat madaniy-ma’naviy zavq, balki xalqaro dunyoqarashni kengaytiruvchi muhim tajriba bo‘lib xizmat qiladi.