TIQXMMI yangiliklari

img
24.04.2024

Juma- Ingliz tilida muloqot qilish kuni

“Iqtisodiyot” fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan haftaning juma kunlari “Friday -  English Speaking day” tadbiri muntazam o’tkazilib, bu safargi tadbir ishtirokchilari Eshchanova Guzal, Kenjayeva Kamila, Sattorova Dildora va To’xtabayeva Zamiralar bo’ldi.     

Shuni e’tirof qilish kerakki, ushbu tadbir universitetning asosiy kirish darvozasi oldida tashkil qilinib, undan ko’zlangan maqsad universitet yoshlari va professor-o’qituvchilarining ingliz tilini yanada yaxshi o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdir.    

Tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan turli savollar, qiziqarli topshiriqlar, ingliz tilidagi uzun so’zlardan qisqa so’zlar yasash, tanlangan  universitet raxbarlari rasmlariga qarab ularni qaysi lavozim soxiblari ekanliklari va ism shariflarini aniqlash kabi o’yin ko’rinishidagi interaktiv yondashuvlar  o’tkazilib, ular orqali qatnashuvchilarni xorijiy tilda erkin muloqot qilish va o’z fikrlarini teran ifodalashga bo’lgan intilishlarini amalga oshirishga qaratildi.

Tadbirning barcha ishtirokchilariga kichik rag’batlantiruvchi sovg’alar ulashildi.

Eng asosiysi, ko’tarinkilik va yaxshi kayfiyat baxsh etgan bu kabi tadbirlar til o’rganuvchilarini yuksak marralarga yetaklashi aniq.                                                              

                                                  “Ingliz tili” kafedrasi jamoasi