TIQXMMI yangiliklari

img
04.05.2024

“Sog’lom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati

2024-yil 3-mayda 4-talabalar turar joyida, ya’ni “Yer resurslari va kadastr” fakultetining talaba qizlari bilan birgalikda (Xafizova Z. Va S.Muxrumbaevalar) “Sog’lom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Bizga ma’lumki, salomatlikning muhim omillaridan biri sog’lom turmush tarziga amal qilishdir. Sog’lom turmush tarzi bu — har qanday kasallik profilaktikasi va salomatlik garovi. Insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish omilidir. Bundan tashqari, Sog’lom turmush tarzi – bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikmalarga ega bo’lishi asosida hayotiy faoliyatini yo’lga qo’yishi hamda salomatligining yuqori darajada bo’lishiga erishishni ta’minlovchi shakl bo’lib, u kun tartibiga rioya qilish, faol jismoniy harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug’ullanish, to’liq va sifatli ovqatlanish,  shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, ekologik muloqot va madaniyatga erishish, umuminsoniy va qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiya olish, zararli odatlardan o’zini tuta bilish va hokazo holatlarning mavjudligi bilan tavsiflanishi   va shu bilan birga  tozalik va ozodalik azaldan xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri deb takidlab o’tdi.

Talabalar bo’sh vaqtlarini   sport bilan shug’ullanishlari kerakligi to’g’risida ham to’xtalib o’tildi.

 "YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati