TIQXMMI yangiliklari

img
24.04.2024

Talabalar “Munozara” o’yinlarining finalida

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-aprel sanasidan boshlab Toshkent davlat transport universitetida OTM larning talaba yoshlari o’rtasida “MUNOZARA” o’yinlari o’tkazilmoqda. “TIQXMMI” MTU “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalaridan tarkib topgan “Adolat” jamoasi mazkur uchrashuvning dastlabki 3 ta bosqichida TDTrU, Diplomat universiteti va 23-aprel kuni yarim finalda Toshkent amaliy fanlar universiteti jamoasi ustidan mutloq ustunlikda g’alaba qozonib mazkur musobaqaning finaliga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Finaldagi raqib Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bo’ladi. Jamoamizga final bosqichida omad tilab qolamiz.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati