TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev dunyoning eng katta ma’lumotlar omborini taklif etuvchi kompaniya "Clarivate" vitse-prezidenti Roland Rehberger boshchilik qilgan delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuv davomida ilmiy tadqiqotlar va universitetning xalqaro reytingdagi o‘rnini yuksaltirishda "Clarivate" kompaniyasi bilan hamkorlik qilish, “Privot-RP” kabi platformadan foydalanish va ilmiy tadqiqot sifatini xalqaro darajaga ko‘tarish masalalari ko‘rib chiqildi.

"Clarivate" vitse-prezidenti Roland Rehberger “TIQXMMI” Miliy tadqiqot universiteti O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida WoS (Web of science) platformasida yetakchi ekanligini ta’kidlagan holda universitet bilan hamkorlikda katta natijalar erishga ishonch bildirdi.