"Fizika va kimyo" kafedrasi

Fizika kafedrasi 1934 yildan o'z faoliyatini boshlagan. «Fizika» kafedrasiga tajribali o'qituvchilardan biri P.P. Gorbachev mudirlik qilgan. 1949-1971 o'quv yillarida esa fizika kafedrasiga f.–m.f.n. N.Z.Zokirov mudirlik qilgan. 1971-1983 o'quv yillarida kafedraga f.–m.f.n. V.S.Masagutov , 1983-1997 yillarda kafedraga dotsent G.I.Muxamedov mudirlik qildi. Shu davr ichida kafedra xodimlaridan 14 kishi nomzodlik va bir kishi doktorlik dissertatsiyasini yoqladilar. 1961 yilda fan nomzodlari beshta bo'lsa 1994 yilda esa ularning soni 16 ga etdi. 1938 yilda Tuproqshunoslik va Kimyo kafedrasi tashkil qilingan. Unga N.V. Bagdanovich va L.P. Rozovlar 1947 yilgacha raxbarlik qilishgan. 1947-1956 yillarda kafedraga Kimyo fanlari doktori Yu.T. Toshpo'latov, 1956-1969 yillarda dotsent S.I. Ibroximov, 1969-1983 yillarda professor N.X. Maqsudov, 1983-1988 yillarda professor Sh.N. Najmiddinov, 1988-1991 yillarda professor S.I. Iskandarov, 1991-1994 yillarda dotsent Kosolapova raxbarlik qilganlar. 1994 yil 1 sentyabrdan boshlab esa «Fizika» va «Kimyo» kafedralari qo'shilib unga «Umumiy fizika va kimyo» kafedrasi deb nom berildi.Kafedra a'zolari barcha mavjud imkoniyatlarni talabalarning fizika va kimyo fanlaridan bilim saviyasi va sifatini, xamda qobiliyatini o'stiruvchi o'quv jarayonini takomillashtirishga yo'naltirdilar. 1997 yil may oyidan boshlab «Umumiy fizika va kimyo» kafedrasiga dots. Z.Sh.Karimov mudirlik qilib keldi. 2004 yil sentyabridan boshlab «Fizika» va «Kime» kafedralari qo'shilib «Fizika va kimyo» kafedrasi tashkil qilindi. 2004-yil sentyabr oyidan to 2013-yil oktyabr oyigacha «Fizika va kimyo» kafedrasiga prof. Z. Karimov raxbarlik kildi. Bu yillar davomida judayam katta uslubiy va ilmiy-tekshirish ishlari olib borildi. 2017 yilda «Fizika va kimyo» kafedrasiga dotsent Sh.Norov raxbarlik qildilar. 2017-2018 o’quv yilining ikkinchi yarmida kafedra mudiriligi vazifasini, kafedra dotsenti S.N.Xodjibekov bajardi. 2018-2019 o’quv yilining boshidan kafedra mudiriligi vazifasi t.f.n. Yo.Q.Toshmurodovga topshirildi. 2019-2020 o'quv yilining boshidan kafedra mudirligi vazifasi PhD I.B.Sapayevga topshirildi.

Kafedra xodimlari

Kafedra mudiri
Sapaev Ibrokhim Bayramdurdievich

PhD Kafedra mudiri

 i.sapaev@tiiame.uz

  +99871-237-09-71

Choriеv Abdimumin Xudayqulovich

Fizika va kimyo kafedrasi(PhD) dotsent

None

a.choriyev@tiiame.uz

+99871-237-19-13

 Xodjibekov Sadriddin Nasriddinovich

 Fizika va kimyo kafedrasi dotsenti

None

s.xodjibekov@tiiame.uz

  +99871-237-19-13

Axmedov Abdimirxakim

K.f.n.,dotsent

None

 a.axmedov@tiiame.uz

  +99871-237-19-13

Beknozarova Zamira Farmanovna

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

None

  +99871-237-19-13

“Fizika va kimyo” kafedrasi dotsenti
Shoyusupov Shoakbar Azizovich

Fizika-matematika fanlari nomzodi

None

Fizika va Kimyo kafedrasi stajiyor o’qituvchi
Esanmurodova Nilufar Shaxobiddin qizi

None

“Fizika va kimyo” kafedrasi assistenti
Shermatova Gulchehra Djumanazarovna

None

“Fizika va kimyo” kafedrasi assistenti
Suvonova Lola Suvonovna

None

“Fizika va kimyo” kafedrasi assistenti
O‘rinbayev Sharofiddin Maksudbay o‘g‘li

None

Fizika va kimyo” kafedrasi assistenti
Kabulov Ilyas Shukurulla o‘g‘li

None

“Fizika va kimyo” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
Komilov Baxrom Jamoldinovich

kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

None

“Fizika va kimyo” kafedrasi katta o’qituvchi
Raupov Dilshod Almasovich

fizika matematika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)

Fizika, Umumiy fizika

d_raupov@tiiame.uz

+99871-237-19-13

Fakultet

"Gidromelioratsiya" fakulteti
Gidromelioratsiya fakulteti 1923 yilda Turkiston Davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida “Melioratsiya muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha soha kadrlarini tayyorlash....

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Lazer texnikasi va lazerlarning nazariy asoslari

Lazer texnologiyasini oʻrganish va ulardan foydalanish

2 Polimer materiallar kimyosi

Polimerlar haqida talabalarga tushunchalar berish polimer va plasmassa materialining ahamiyatini oʻrganish

3 Yangi kompozitsion materiallar olishda lazer texnologiyasidan foydalanish

Ishlab chiqarishda kechadigan fizikaviy kimyoviy jarayonlar bilan tanishtirish va ulardan amaliyotda foydalanish boʻyicha koʻnikmalar shakllantirish 

4 Kimyoviy ekologiya

Kimyoviy ekologiya fanining asoslarini asoslab beruvchi tamoyillar bilan tanishib va ularni oʻrgatishdan iborat

5 Nanotexnalogiya

Fanning vazifasi nanoelektronika asoslarini asoslab beruvchi tamoyillar bilan tanishib va ularni oʻrgatishdan iborat

6 Yarim oʻtkazgichlar fizikasi

Yarim oʻtkazgichlarlar haqida malumotlar berish

7 Fizkolloid kimyo

Fanning maqsadi talabalarga kimyoviy hodisalarni tabiatini toʻgʻri tasavvur qilish kimyoviy oʻlchov asbob uskunalaridan foydalana bilishni oʻrgatadi

8 Kristallokimyo

Kristallarning ichki tuzulishi paydo boʻlishi oʻsishi qonuniyatlari va hosil boʻlishini oʻrgatish

9 Optoelektronika

Talabalarga ilmiy amaliy dunyoqarashni optoelektronikani hodisalarini oʻrgatadi

10 Kompozitsion materiallar

Ishlab chiqarishda kechadigan jarayonlarni homashyoni tanlashda ularga ishlov berish usullarini ilmiy yondashish energiya va resurslarini tejaydigan yoʻllarini oʻrgatadi

11 Analitik fizikoloid kimyo

Analitik fizikoloid kimyoning qonun va qonuniyatlarini miqdoriy tarkibini asoslarini oʻrgatadi

12 Kimyo

Kimyoning asosiy tushunchasi va qonunlarini oʻrgatadi

13 Fizika

Fizika fanining asosiy vazifasi talabalarga fizikaviy qonuniyatlarni modullarini fizik hodisalarini tushuntirish buyuk olimlar oʻtkazilgan tajribalarni va nazariy xulosalarni olamning hozirgi zamon ilmiy manzarasini talabalar tasavvurida hosil qilish

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=622

Kafedra mudiri: Sapaev Ibrokhim Bayramdurdievich

Qabul kunlari: Har kuni: 9:00-15:00

Tel: +99871-237-09-71

E-mail: i.sapaev@tiiame.uz

Tarmoqlarda: