O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash arizalari qabuli davom etmoqda

29.07.2025

🎓 DIQQAT, TALABALAR! 

📢 O‘QISHNI KO‘CHIRISH VA QAYTA TIKLASH ARIZALARI QABULI DAVOM ETMOQDA!

🗓 Arizalar qabuli muddati: 

📆 2025-yil 5-avgust (shu kuni ham)gacha davom etadi.

📲 Faqat onlayn tarzda topshiriladi! 

Arizalar faqat rasmiy platforma — transfer.edu.uz orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 

📌 Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 634-sonli qarori bilan tasdiqlangan Reglament asosida belgilangan.

📋 Ariza topshirishi mumkin bo‘lganlar:

  • Universitetda tahsil olayotgan va o‘qishini boshqa ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar;
  • Ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchi (kunduzgidan-sirtqiga) bo‘lgan talabalar;
  • Ilgari universitetda o‘qigan, lekin turli sabablarga ko‘ra talabalar safidan chetlashtirilgan va uni qayta tiklamoqchi bo‘lgan shaxslar;
  • Kursdan-kursga qolgan va hozirgi kunda ta’lim yo‘nalishi yopilgan holda o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar.

📋 Quyidagi holatlar bo‘yicha ariza topshirish mumkin:

  • O‘qishni ko‘chirish;
  • O‘qishni qayta tiklash;
  • Bir ta’lim muassasa doirasida ta’lim shaklini va yo‘nalishni o‘zgartirish;
  • O‘qishni ko‘chirib tiklash;
  • Ta’lim muassasa doirasida ta’lim shaklini o‘zgartirish.

‼️ Muhim:

  • Arizalar faqat https://transfer.edu.uz platformasi orqali yuboriladi.
  • Boshqa yo‘llar (qo‘lda, pochta orqali, shaxsan olib borish) orqali topshirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.

batafsil