Kelajakka qadam markazi
“Kelajakka qadam” markazi -yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayoniga ko‘maklashadi.
Bitiruvchilar uchun kredit mahsulotlari
Kelajakka qadam
Kredit shartlari
Kredit summasi-10 mln. so‘mgacha
Foiz stavkasi-21%
Muddati-18 oygacha
Kredit sharlari
Kredit summasi-300 mln. so‘mgacha
Foiz stavkasi-18%
Muddat-7 yil (aylanma mablag‘lar uchun 36 oy)
Imtiyozli davr-2 yil (aylanma mablag‘lar uchun 6 oy)
Kredit shartlari
Kredit summasi 1 mlrd. so‘mgacha
Foiz stavkasi-18%
Muddat-7 yil (aylanma mablag‘lar uchun 36 oy)
Imtiyozli davr-2 yil (aylanma mablag‘lar uchun 6 oy)
Garov kredit siyosatiga ko‘ra ta’minot turlari
Talabalarni kasbga tayyorlash va kasbiy amaliyotini tashkil etish
talabalarning amaliyotlari tashkil etiladigan korxona va tashkilotlarning ishga qabul qilish ehtiyojiga asosan oliygoh, talaba va ish beruvchi korxona o‘rtasida Dastlabki hamkorlik shartnomasi rasmiylashtiriladi;
ish beruvchining buyurtmasiga ko‘ra tanlov g‘olibi bo‘lgan talabani amaliyotga yo‘llash va amaliyot davrida talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida oylik to‘lovni amalga oshirib borish ta’minlanadi;
talaba oliygohni tamomlagandan so‘ng shartnoma rasmiylashtiriladi, ish beruvchi korxonada ish bilan ta’minlanadi;
kasbiy amaliyot о‘tash uchun chet eldagi oliy ta’lkasbiy amaliyot o‘tash uchun chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi (talabgordan xorijga yuborilayotgan davlat tili yoki ingliz tili bo‘yicha tan olinadigan kamida B2 darajadagi sertifikat talab etiladi).
Video qo‘llanmalar
Kelajakka qadam
Kelajakka qadam orqali yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, biznes g‘oyalarning moliyalashtirilishi va bitiruvchilarning hayotidagi batafsil lavhalar endi videoda.
www.nbu.uz Call markaz:1344
“O‘zmilliybank” aksanerlik jamiyati Mirzo Ulug‘bek Bank xizmatlar markazi Kelajakka qadam loyiha menedjeri
Saida’zamov Hasan Sohib o‘g‘li +998 77 010 37 87
Universitetining “Kelajakka qadam” markazi:71 237 09 85