“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida umumiy sovrin jamg‘armasi 9 000 000 so‘m bo‘lgan ko‘rik tanlov elon qilinmoqda.

25.11.2025

  Yoshlarning korrupsiya holatlarga qarshi bilim va malakalarini oshirish hamda universitetda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” , Talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi hamda “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” ko‘rik-tanlovlari tashkil etiladi.

  Tanlovda yuqori o‘rinlarni egallagan talabalar universitet tomonidan maxsus sertifikatlar va umumiy sovrin jamg‘armasi 9 000 000 so‘m bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun:

  •  -  “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi bo‘yicha: "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti, @adhamjon121
  •  -  “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi bo‘yicha rasmlar:  B 402-xonaga 3 dekabr kuni gacha topshiriladi.
  •  -  “Eng yaxshi videoroliklar” ko‘rik-tanlov bo‘yicha: @TIQXMMI_Antikorrupsiya_bot ga 3 dekabr kunigacha topshiriladi.
  •  -  Insholar tanlovi bo‘yicha: O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi @Koshnazarova_Maloxat
  •  -  Insholar tanlovi 3 dekabr kuni  soat 15:00 da  2-Ma’ruzalar zalida o‘tkaziladi

Tanlov nizomlari 

- “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida“ Eng yaxshi rasmlar” tanlovi nizomi: 

https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/99a79ed1bcdf45339f3ac58253a3d4c1.pdf

 - Talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi nizomi:

https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/38c3bb80f6b24f45956bd24c5bb56f87.pdf

 - “Eng yaxshi videoroliklar” ko‘rik-tanlov nizomi: 

https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/d83ac3b7f403477484899205d7865aca.pdf