Ta’mirlash va Pardozlash ishlarini amalga oshiruvchi pudratchisini aniqlash uchun tender...
09.12.2025
Tenderning
maqsadi: Ta’mirlash va Pardozlash ishlarini amalga oshiruvchi pudratchisini
aniqlash uchun tender
Ish
turi: Ta’mirlash va Pardozlash (Universitetdagi Texnikum binosi)
Ta’mirlash
va Pardozlash sohasi: Umumiy ta’mir
Ishni
tugatish muddati: ( 20-kun) 2025/2026
Moliyalashtirish
manba: Xalqaro (Koreya
Respublikasi Ta’lim Vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Xalqaro hamkorlik
bo‘yicha yetakchi universitet loyihasi”), Janubiy
Koreya
Buyurtmachi:
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti
Ob'yekt
hududi: Toshkent shaxri
Ob'yekt
manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100000, ko'ch. Kori Niyozi, 39
uy
Tashkilotchi
haqida ma'lumot: Keymyung kollej universiteti, Janubiy Koreya
Tashkilot
nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti.
Telefon:
+998 90 903 40 68
Elektron
pochta manzili: bahadir.mirzaev@tiiame.uz
Bog’lanish
uchun ma’sul: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti koordinatori, rektor
Bahodir Mirzayev
Tender
fayllari: loyixa xaqida ma’lumot
Tijorat
takliflarini qabul qilish muddati: 10.12.2025 yil soat 10:00 ga qadar qabul qilinadi.
[1] “Xalqaro hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet” granti dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Education Competency Enhancement
Project Mechatronics Technicum at
‘TIIAME’ National Research University in Uzbekistan”(“O‘zbekistondagi
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Mexatronika texnikumi ta’lim
salohiyatini rivojlantirish” xalqaro loyihasi 2024-2029 uchun
mo’ljallangan. Mazkur loyiha Koreyaning Keimyung College University
bilan hamkorlikda, O‘zbekistonning ishlab chiqarish sanoati uchun malakali
kadrlar tayyorlash salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Loyiha
doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Mexatronika
texnikumining ta’lim salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy muhandislik
ta’limi standartlarini joriy etish va raqamli ta’lim infratuzilmasini
kengaytirish rejalashtirilgan.
Shu
maqsadda universitetda “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi” (Digital
Educational Innovative Service Center - DEISC) tashkil qilinadi. Ushbu
markaz mamlakatimizda raqamli ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi, texnikum
professor-o‘qituvchilari va talabalarining xalqaro raqamli platformalarda
samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Shuningdek, markaz faoliyati
O‘zbekistonda qizlar va ayollarning daromadlarini oshirish, ularning raqamli
ko‘nikmalarini rivojlantirish va gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan
tashabbuslarni ilgari suradi.
Ushbu
xalqaro loyiha orqali zamonaviy o‘quv dasturlari joriy etilishi, texnikum
laboratoriyalarini ilg‘or uskunalar bilan jihozlash va yosh mutaxassislarning
amaliy ko‘nikmalarini oshirish orqali O‘zbekiston mexatronika sohasida malakali
kadrlar tayyorlash imkoniyati kengaytiriladi.