Ta’mirlash va Pardozlash ishlarini amalga oshiruvchi pudratchisini aniqlash uchun tender...

09.12.2025

Tenderning maqsadi: Ta’mirlash va Pardozlash ishlarini amalga oshiruvchi pudratchisini aniqlash uchun tender

 

Ish turi: Ta’mirlash va Pardozlash (Universitetdagi Texnikum binosi)

 

Ta’mirlash va Pardozlash sohasi: Umumiy ta’mir

 

Ishni tugatish muddati: ( 20-kun) 2025/2026

 

Moliyalashtirish manba: Xalqaro (Koreya Respublikasi Ta’lim Vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Xalqaro hamkorlik bo‘yicha yetakchi universitet loyihasi”), Janubiy Koreya

 

Buyurtmachi: "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti

 

Ob'yekt hududi: Toshkent shaxri

 

Ob'yekt manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100000, ko'ch. Kori Niyozi, 39 uy

Tashkilotchi haqida ma'lumot: Keymyung kollej universiteti, Janubiy Koreya

Tashkilot nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti.

Telefon: +998 90 903 40 68

Elektron pochta manzili: bahadir.mirzaev@tiiame.uz

Bog’lanish uchun ma’sul: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti koordinatori, rektor Bahodir Mirzayev

 

Tender fayllari: loyixa xaqida ma’lumot

 

Tijorat takliflarini qabul qilish muddati: 10.12.2025 yil soat 10:00 ga qadar qabul qilinadi.

 

[1] “Xalqaro hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet” granti dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Education Competency Enhancement Project  Mechatronics Technicum at ‘TIIAME’ National Research University in Uzbekistan”(“O‘zbekistondagi “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Mexatronika texnikumi ta’lim salohiyatini rivojlantirish” xalqaro loyihasi 2024-2029 uchun mo’ljallangan. Mazkur loyiha Koreyaning Keimyung College University bilan hamkorlikda, O‘zbekistonning ishlab chiqarish sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Mexatronika texnikumining ta’lim salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy muhandislik ta’limi standartlarini joriy etish va raqamli ta’lim infratuzilmasini kengaytirish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda universitetda “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi” (Digital Educational Innovative Service Center - DEISC) tashkil qilinadi. Ushbu markaz mamlakatimizda raqamli ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi, texnikum professor-o‘qituvchilari va talabalarining xalqaro raqamli platformalarda samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Shuningdek, markaz faoliyati O‘zbekistonda qizlar va ayollarning daromadlarini oshirish, ularning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish va gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suradi.

Ushbu xalqaro loyiha orqali zamonaviy o‘quv dasturlari joriy etilishi, texnikum laboratoriyalarini ilg‘or uskunalar bilan jihozlash va yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish orqali O‘zbekiston mexatronika sohasida malakali kadrlar tayyorlash imkoniyati kengaytiriladi.