“Xorijiy tildan kasbiy ustuvorlik maqsadida foydalanishtendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

17.05.2025

Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universiteti.

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil yanvarda tasdiqlangan “2023/2024 o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlashsamaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” buyrug‘ini amalda qo‘llashva talaba yoshlar o‘rtasida tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, til bilish ko‘nikmalarini o‘z sohalarida ishlata olish mahoratini oshirish maqsadida, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, “Iqtisodiyot” fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan 2025-yil 17-may kuni “Xorijiy tildan kasbiy ustuvorlik maqsadida foydalanishtendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. 

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda yalpi majlis va quyidagi sho‘balarda quyidagi mavzular muhokamasi rejalashtirilgan:
1. Globalizatsiyalashayotgan davrda ingliz tilining o‘rni 
- Ingliz tilining iqtisodiyot, huquqshunoslik, gidrotexnika qurilish va ekalogiya sohalaridagi roli 
- Til bilishning turizm sohasidagi ahamiyati 
- Buxgalterya va audit sohasida til strategiyalari. 
2. Nofilologik yo‘nalishlarda zamonaviy texnologiyalarning til o‘rganishdagi o‘rni 
- Sun’iy intellekt va onlayn platformalarning kasbiy yo‘nalishdagi o‘rni 
- Energiya tejash texnologiyalari sohasida chet tilining ahamiyati 
- Transport va muhandislik sohalarida til. 
3. Qishloq xo‘jaligi sohasida kasbiy rivojlanish uchun til ko‘nikmalari 
- Yer resurslari va kadastr yo‘nalishida chet tildan foydalanish mahorati 
- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishida til ko‘nikmasi 
- Gidromelioratsiya sohasida til ta’siri. 

Anjumanga maqolalar quyidagi tartibda taqdim etilishi so‘raladi:
Ma’ruza materiallari MS Word times New Roman (14) shriftida rasmiylashtiriladi;
Qog‘oz o‘lchovi A4 (210-297). Yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 smjoyqoldirilishi lozim. So‘z boshi orasi 1sm hamda qator orasidagi interval 1,5 bo‘lishi shart. 
Maqolalar IMRAD (Introduction, Methods, Results, and Discussion) yozuv formatida va ingliz tilida bo‘lishi shart. Mavzuning nomi bosh harflar bilan qoraytirilib, qog‘ozning o‘rtasida avtomatik tarzda keltirib yoziladi, keyingi qatorda o‘ng burchakda ma’ruzachining ismi, familyasi, ilmiy unvoni va ishjoyi yoziladi va telefon raqami, elektron pochta keltiriladi. 
Tezis va maqola hajmi 6-8 varaq bo‘lib, qog‘oz yoki elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga topshirilishi lozim. Ma’ruza materiallari tahrirdan o‘tgandan so‘ng, chop etilishi ko‘zda tutilgan. 
Mualliflarga DOI ga ega hamda Google Scholar da indeksatsiyalangan to‘plam va ishtirokchi sertifikati elektron shaklda taqdim qilinadi. Maqolalarda ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga muallif(lar) javobgar hisoblanadi. Tahrir hay’ati talab darajasida rasmiylashtirilmagan debtopilgan materiallar to‘plamda chop etilmaydi va egalarigaqaytarilmaydi. Anjumanda ishtiroketuvchilardan 2025 yilning 30-aprelga qadar maqolalarni taqdim etish so‘raladi. Maqola chop etishnarxi 70.000 so‘m. Anjuman bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tashkiliy qo‘mitaga murojaat etishingiz mumkin. 

Tashkiliy qo‘mita manzili:
Manzil: Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universiteti. 
Ma’sul: Kenjayeva Kamila Anvarovna. +99890 115 16 00.( @KENJAEVA_KAMILA)
E-mail: kenjaevak@mail.ru
Card number 9860 0601 3111 8196 ( Кенжаева Камила Анваровна)