“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq va suv xo‘jaliginnng zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XXIV - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani

30.04.2025

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti . Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON

A X B O R O T   X A T I

 Anjuman quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ish olib boriladi:

  1. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
  2.  Gidrotexnika va Gidroenergetika muammolarini bartaraf etishda innovatsion yechimlar;
  3.  Qishloq va suv xo‘jaligi ishlarini mexanizatsiyalash, raqamlashtirish masalalari;
  4.  Qishloq va suv xo‘jaligining energetika va avtomatlashtirish sohalarida zamonaviy energotejamkor va raqamli texnologiyalar;
  5.  Yer resurslaridan oqilona foydalanish, huquqiy muxofaza qilish xamda geodeziya, kartografiya va kadastr tizimida raqamli texnologiyalar;
  6.  Iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish: muammo va yechimlar;
  7.  Qishloq va suv xo‘jaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik maʼnaviy omillari
  8.  Filologiya va tillarni o‘qitishda zamonaviy tendensiyalar.

 

MAQOLALARNI QABUL QILISH TARTIBI

Maqolalar quyida keltirilgan namuna asosida qabul qilinadi.

Maqola namunasini yuklab oling

https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/cbc9d0fcc7b649899b908d7a21b0510d.docx

Taqdim etilgan maqolalar maxsus plagiat dasturida tekshiriladi va har qanday etik qoidabuzarlik jiddiy ko‘rib chiqiladi. O‘xshashlik darajasi 30 foizdan yuqori bo‘lgan maqolalar rad etiladi.


TAQRIZDAN O‘TKAZISH JARAYONI

Tashkiliy qo‘mita har bir maqolani mustaqil taqrizchiga, maqola mavzusi bo‘yicha tegishli ekspertga yuboradi.

Har bir maqola mustaqil ekspert tomonidan quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:

1.    Anjuman yo‘nalishlari bilan bog‘liqligi;

2.    Ilmiy-texnik originallik, potensial ta’sir va o‘quvchilar uchun qiziq bo‘lishi;

3.    Ilmiy-texnik mazmuni, yangiligi va ahamiyati;

4.    Taqdimot sifati, mazmunining tushunarliligi;

5.    Barcha mualliflar uchun sharhlar taqrizchilar tomonidan beriladi;

6.   Taqrizchilar maqola mavzusi bilan tanishligini ko‘rsatadilar, maqolani yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar bo‘yicha baholaydilar. Taqrizdan o‘tmagan maqolalar chop etilmaydi.

 

MAQOLALARNI YUBORISH

Maqolangizni ushbu pochta iyctiiame@tiiame.uz manzilga yuboring.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni +99893-575-73-53 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

 

Manzil: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU). Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON