VII Xalqaro ilmiy konferensiya «Construction Mechanics, Hydraulics & Water Resources Engineering» Autumn season

16.10.2025

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti . Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON

HURMATLI HAMKASBLAR!

Sizlarni 2025-yil 16-17-oktabr kunlari «CONSTRUCTION MECHANICS, HYDRAULICS AND WATER RESOURCES ENGINEERING» AUTUMN SEASON (CONMECHYDRO 2025)
VII Xalqaro ilmiy konferensiya
kuzgi mavsumida ishtirok etishga taklif etamiz. Konferensiyada xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy xulosa berilgan ilmiy maqolalar SCOPUS bazasida roʻyxatdan oʻtgan AIP Publishing (AIP Conference Proceedings, AQSh) dunyoning yetakchi nashriyotida chop etiladi.

Shuningdek konferensiya bazasida tashkil etilgan Innovation in Hydraulic and Civil Engineering (IHCE) nomli xalqaro jurnalning 2 - soni uchun ham Q1 kvartil talablarida bajariladigan maqolalar qabulini ham e'lon qilamiz. Jurnalda chop etiladigan maqolalarga qo'yiladigan talablarni va asosiy ma'lumotlar https://ice.org.uz/ ushbu havolada batafsil berib o'tilgan.

 

Eslatma: Agarda muallif bir vaqtning o‘zida CONMECHYDRO 2025 konferensiyaga va Innovation in Hydraulic and Civil Engineering nomli xalqaro ilmiy jurnalga maqola topshirsa, konferensiyaga topshirilgan maqola to‘lovidan 40 yevro miqdorida chegirma qilib beriladi.

ASOSIY SANALAR

Ø  Maqolalarni qabul qilish – 2025-yil 1-oktabr.

Ø  Maqolalar qabulini tasdiqlash – 2025-yil 5-oktabr.

Ø  Roʻyxatdan oʻtish toʻlovi – 2025-yil 10-oktabrgacha.

Ø  Konferensiya sanasi: 2025-yil 16-17 oktabr.

 

Konferensiya sayti: conmechydro.tiiame.uz

Telegram: @conmechydro