Talabalar tashrifiga tayyorgarlik
08.09.2024
Yangi o‘quv yilining boshlanishi oldidan ''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universitetining barcha talabalar turar joylarida tashkil qilingan maxsus shtablarda talabalarni joylashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Ayniqsa, oxirgi uch kun davomida jarayon ayni avj pallaga yetgan. Bu yil Talabalar turar joyiga universitetning uch mingga yaqin talabalarining joylashtirilishi reja qilingan. Elektron ro'yхatdan o‘tib ariza topshirgan va yo‘llanmasi chiqqan talabalar shtab xodimlari tomonidan kutib olinmoqda va shu joyning o‘zida rasmiylashtirib joylashtirilmoqda.P Prorektorlardan tortib tyutorlargacha bu jarayonga safarbar qilingani e'tiborga molik. Ayniqsa, talabalar turar joyiga joylashtirish jarayoni elektron tarzda amalga oshirilayotgani ish jarayonini yanada osonlashtirishi bilan birga talabalarning ortiqcha ovoragarchiligining ham oldi olinmoqda.
Endilikda ular ertadan boshlab xotirjam bo‘lib o‘qishni yaxshi kayfiyat bilan boshlab yuborishga shay.
UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI