Britaniya Kengashi tomonidan universitetimizda Mock IELTS (paper-based) tashkil qilinishi

12.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 12-oktyabr sanasida “IELTS partnership program” asosida “TIQXMMI”Milliy Tadqiqot Universiteti, “Iqtisodiyot” fakultetida talaba va o‘qituvchilarimiz uchun Britaniya Kengashi tomonidan Mock IELTS (paper-based) tashkil qilindi.

  Ushbu xalqaro imtihon Britaniya Kengashi bilan xalqaro loyiha doirasida tashkil qilingan “Kasbiy Rivojlantirish Markazi” ning fakultet filialida “Ingliz tili”kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova tashabbusi bilan tashkil qilindi.  Tadbirni “Iqtisodiyot”fakulteti dekani Dr. U.Alimov, “Ingliz tili”kafedrasi mudiri B.Isroilova ochib berishdi va talabalarga hozirgi kunda xorijiy tilni mukammal egallash orqali yuqori natijalarga esirishga zamin yaratishini yana bir bora ta’kidlab o‘tishdi. ”Iqtisodiyot” fakulteti dekan muovini U.Xolyorov va universitet “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi M.Yarbekovani tadbir qatnashchilarini ta’minlashda ko‘rsatgan jonbozliklari tahsinga sazovordir.  

  Mock IELTSda universitetimizning turli fakultet talabalari va o‘qituvchilari qatnashishdi. Nomzodlar ichida “Ingliz tili” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan, jumladan,  Yoqubov Odil va Karimov Feruzjon ham ishtirok etishganligi barcha til o‘rganayotgan, ingliz tili ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirib borayotgan nomzodlarga ajoyib motivatsiya bo‘ldi.


  Listening (Tinglab tushunish), Reading (O‘qish) va Writing (Yozish) til komponentlarini yanada rijojlantirish orqali IELTS xalqaro standartlariga to‘liq javob berish hozirgi kundagi yoshlarga jamiyat oldida qo‘yilayotgan talab va ehtiyojni bir namunasidir.  

  Umid qilimizni, bu kabi tadbirlar universitetimizda tez-tez tashkil qilinib, xorijiy til ko‘nikmalarini oshirish ustida ishlayotgan nomzodlarimizga  ko‘zlagan natijalarini egallashlarida yaqindan ko‘mak beradi, tez kunlarda Mock IELTS natijalari qatnashuvchilarga Britaniya Kengashi tomonidan e’lon qilinadi.

  Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil qilishda o‘zlarining beg‘araz yordamlarini ayamagan “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti rektori Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovichga va universitetimizning yaqin hamkori bo‘lmish Britaniya Kengashiga o‘zimizning samimiy minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.