Yoshlar ijod saroyiga tashrif

24.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi 102-guruh talabalari ishtirokida o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar ijod saroyiga tashrif uyushtirdik.

 Bu yerda muntazam ravishda yosh iste’dod sohiblarining tasviriy, amaliy va fotografiya san’atiga oid ishlari ko‘rgazmalari o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda ushbu majmuada kutubxonaning mavjudligi talaba-yoshlarni juda quvontirdi. Xohlagan vaqtlarida kelib kutubxonaga a’zo bo‘lib dars qilishlari uchun sharoitlar mavjudligi, yoshlarga berilayotgan e’tibordan dalolatdir. Bunday imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib chiqishlaringizga tilakdoshmiz, aziz talaba – yoshlar.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati