Madhiyamiz - faxrimiz

10.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  10 dekabr O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan bugungi kunni madhiya kuylash bilan boshlashdi. 

  • Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
  • Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
  • Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
  • Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Madhiya Abdulla Oripov she’ri, Mutal Burxonov musiqasi asosida yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768 - XXI – sonli O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonuni bilan tasdiqlangan. 

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari D.Egamova va G. Shodieva axboroti 

Universitet matbuot xizmati