Milliy liboslar-millat ko‘rki
15.02.2025
Национальные костюмы - гордость нации
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari D. Egamova va G. Shodiyevalar fakultet talaba qizlari bilan “Milliy qadriyatlar - millat ko‘rki” shiori ostida tadbir tashkil qilishdi. Milliy va an’anaviy qadriyatlarni e’zozlash, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ular qalbida xalqimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ajdodlarimizdan meros milliy – ma’naviy boyligimizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash va yanada qadrlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda fakultetning 1-bosqich talaba qizlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida milliy raqs va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda tyutorlar tomonidan milliy liboslarning ahamiyati, uning milliylik va madaniy qadriyatlar ifodasi sifatidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tishdi. Milliy kiyimlar har bir millatning o‘ziga xos an’analarini, urf-odatlarini va tarixini aks ettirib, ularni asrash va kelajak avlodlarga etkazish katta mas’uliyat ekanligi ta’kidlandi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari D.Egamova va G. Shodiyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati