Ibratli oila mavzusida davra suhbati

29.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 25-aprel kuni "Ekologiya va huquq" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B Mamadaminova tomonidan reja asosidagi "Ibratli oila" mavzusida davra suhbati uyushtirildi. 

  Davra suhbatida Gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi. 

  Davra suhbatining mehmoni universitetimizda uzoq yillar ustozlik qilgan, hozirgi vaqtda nafaqadagi tadbirkor ayol, farzandlarini jamiyatimizning turli sohalarida yetuk mutaxassis etib tarbiyalagan ibratli oila bekasi  -Nizamatdinova Amangul ona bo‘ldi.

  Onaxon talaba qizlarga o‘zining pedagogik faoliyati va hayot yo‘li, shuningdek nafaqaga chiqqandan so‘ng uyda qolmasdan o‘zining tadbirkorlik ishlarini boshlagani hamda hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi "Tadbirkor ayollar" qatorida ekanligini, talaba qizlarga oila muqaddasligini, uning past balandliklariga sabr qilib, oqilona yondashish lozimligini uqtirdi.

  Davra suhbat juda qiziqarli va mazmunini  bo‘lib o‘tdi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti Xotin qizlar kengashi axboroti

Universitet matbuot xizmati