Ta’lim sohasida Gender Tengsizlik:Sloveniyaning Lyublyana universiteti Prof. Jasna Podreka bilan onlayn vebinar
28.04.2025

Joriy yilning 28-aprel sanasida “TIQXMI” Milliy Tadqiqot Universitetining “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talabalariga “Ta’lim sohasida Gender Tengsizlik: Sloveniyaning Lyublyana universiteti Prof. Jasna Podreka bilan onlayn vebinar tashkil qilindi.
Mazkur tadbir Britaniya Kengashi “Kasbiy Rivojlantirish Markazi” fakultet filiali 226-xonasida esa “Yer resurslari va kadastr” fakultetining bir guruh talabalari ishtirokida tashkil qilindi.
Mazkur tadbir “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova tashabbusi bilan asosida tashkil qilindi.
Tadbir davomida Prof. Jasna Podreka Sloveniyaning Lyublyana universitetida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv jarayoni, ta’lim sohasida gender tengsizlik, oliy ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv jarayonining afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda Sloveniyaning Lyublyana universitetida tahsil olish, mavjud bakalavr ta’lim yo‘nalishlari haqida, xalqaro talabalarning to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi. Vebinar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar olindi.
Ishonamizki, bu kabi do‘stona muhitda tashkil qilingan tadbirlar talabalarda ingliz tilini yanada mukammal o‘rganishga motivatsiyalarini oshirishga yordam berib, xorijga tashrif buyurish, ta’lim olish, ishlash va turli tanlovlarda ishtirok qilish va o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga yo‘l ochadi.





