Uxan shahrida xalqaro seminar

29.04.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  Universitetimizda o‘quv, ilmiy sohalardagi ishlar bilan bir qatorda xalqaro hamkorlik borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa professor-o‘qituvchilarning, talaba va ilmiy xodimlarning xorijiy universitet va ilmiy markazlarda tajriba orttirish, ilmiy faoliyat olib borish va hamkorlik qilish imkonini bermoqda. 

  Xitoyning Uxan tekstil universitetida tashkil qilingan “Economic Globalization and Made-in-China for Developing Countries” mavzudagi xalqaro seminarda Universitetimizdan «Irrigatsiya va melioratsiya» kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev, PhD Mahbuba Hayitova, «Ekologiya va suv resurslarini boshqarish» kafedrasi dotsenti Malohat Abduqodirova va tayanch doktorant Alisher Mutalovlar faol ishtirok etmoqdalar.

  Universitetimiz vakillari stajirovka davomida seminar dasturiga kiritilgan ma’ruza va amaliy tashriflarda ishtirok etish bilan birga Universitetimizni xalqaro miqyosda yanada tanitish, erishgan yutuqlarini xorijiy davlatlardan kelgan ishtirokchilarga ko‘rsatishga harakat qilmoqdalar. Bu borada bir nechta taqdimotlar qilindi. Taqdimotlar mezbonlar va ko‘plab xorijiy ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Seminar faol va qizg‘in davom etmoqda.

Universitet matbuot xizmati