“Toshkent don mahsulotlari” AJ laboratoriyasiga o‘quv-amaliy tashrif

29.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 29-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 306-guruh talabalari “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlari” fanidan laboratoriya mashg‘uloti doirasida “Toshkent don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyasiga o‘quv-amaliy tashrif amalga oshirdilar. 

  Tashrifning asosiy maqsadi talabalarning 5+1 dasturi asosida, nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, don mahsulotlarini saqlash va sifatini aniqlash bo‘yicha ilg‘or laboratoriya uslublari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

  Dastlab talabalar “Toshkent don mahsulotlari” AJ faoliyati, asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishlari, saqlash tizimi va laboratoriya infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

  So‘nggi bosqichda talabalar laboratoriyada bevosita ishtirok etib, “Donning asl og‘irligini aniqlash” va “Dondagi begona aralashmalar miqdorini aniqlash” mavzularida laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishdilar.

  Ushbu amaliy mashg‘ulotlar talabalarning fan doirasida olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, ishlab chiqarishdagi real jarayonlar bilan tanishish, shuningdek, soha uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi. Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi PhD, katta o‘qituvchi Xasanova Xolida axboroti