Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida
30.04.2025

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda China Institute of Water Resources and Hydropower Research va Beijing HRUNAN Technology Co., Ltd. o‘rtasida hamkorlik olib borish maqsadida, joriy yilning 28 aprel kuni “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda Xitoy Xalq Respublikasidan janob Leon bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi “O‘zbekiston sug‘orish tizimi uchun Xitoy suv o‘lchov qurilmalarini moslashtirish va ularning samaradorligini baholash hamda ularni o‘rnatish” bo‘yicha muayyan aniq vazifalar belgilab olindi. Belgilangan vazifalar va ularni amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yaqin kunlar ichida hamkorlik memorandum imzolanishi belgilandi.



