Xalqaro ilmiy konferensiya doirasidagi uchrashuv

30.04.2025

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

 Qurilish, mashinasozlik, suv resurslari, ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi mavzularga bag‘ishlangan “Civil and Mechanical Engineering, Water Resources, Ecology, and Climate Change (ICMEWREC 2025)” va Construction Mechanics, Hydraulics & Water Resources Engineering (CONMECHYDRO 2025) nomli xalqaro ilmiy konferensiya doirasidagi uchrashuv.

  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Baxodir Suyunovich, Moskva davlat qurilish milliy tadqiqot universiteti prorektori Aniskin Nikolay Alekseyevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuv davomida OTMlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini joriy etish, ta’lim jarayoniga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tildi.

  Shuningdek, Moskva davlat qurilish milliy tadqiqot universiteti rektori Akimov Pavel Alekseyevich nomidan qurilish ilm fanidagi xizmatlari uchun Baxodir Mirzayevni Moskva davlat qurilish milliy tadqiqot universitetining I-darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.