Yashil Yurak jamiyatining navbatdagi uchrashuvi: Ekologik tadbirlarga tayyorgarlik muhokama qilindi
30.04.2025

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan “Yashil Yurak” jamiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda May oyida nishonlanadigan muhim ekologik tadbirlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Xususan, 12-may kuni tashkil etilishi rejalashtirilgan "Ekologik ta’lim kuni" va may oyi oxirida reja qilinayotgan Eco-forum doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Ushbu kunni munosib nishonlash, talabalar va keng jamoatchilik orasida ekologik ongni oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida "Ekologiya va huquq" fakulteti talabalarining qiziqarli taqdimotlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, may oyida "Qushlar", "Xalqaro iqlim", "Kichik daryolar va suv havzalarini himoya qilish" kunlari nishonlanishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan ham rejalar belgilab olindi. Kelgusi tashabbuslarimiz haqida qo‘shimcha ma’lumot berish va jamiyatimiz faoliyatiga qo‘shilish uchun biz bilan bog‘laning!
📅 Tafsilotlar va yangiliklar uchun:
🌍 t.me/yashil_yurak_jamiyati_UZ
📧 Bog‘lanish: @ZulfiyaKannazarova
"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova





