Mahoratli qo'llar - baxt yaratadi

28.04.2025

#Yangilik

Talaba qizlarda emotsional holatni muvozanatlashtirish, Salbiy fikrlarni yengib, pozitiv fikrlashni kuchaytirish, Xotirjamlikni saqlash va fokusni oshirish, Psixofizik holatni yaxshilash, Psixologik barqarorlikni oshirish maqsadida 2025 yil 24-25-aprel kunlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova  milliy art-terapiyaning uslublaridan biri: do'ppi tikish terapiyasi bo'yicha "Mohir qo'llik orqali o'zlikni anglash" mavzuida trening tashkil etdi. 


Do'ppi tikish terapiyasi — bu an'anaviy hunarmandchilik orqali insonning ichki holatini tiklash, ruhiy holatini yaxshilash usuli hisoblanadi. Do'ppi tikish jarayonida inson diqqatini, sabrini, ehtiyotkorligini ishga soladi, bu esa ruhiy dam olish va o'zi bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bugungi tadbirimizda universitetimizning bir guruh "Iqtisod" fakulteti 2-kurs talaba qizlari va Toshkent amaliy fanlar universiteti, Psixologiya fakulteti, Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 4-kurs PP21-S-04 guruh talabasi, "TIQXMMI" MTU "Fizika va kimyo" kafedrasi laboranti Narzullayeva Dilnoza Ramazonovnalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchi qizlarimiz qo'l mehnati orqali o'zlariga yangi bir uslubda bosh kiyim yaratish bilan birgalikda ichki xotirjamlik, o'ziga ishonch va kreativlik xususiyatlarini ham oshirishga muvaffaq bo'ldilar. Toshkent amaliy fanlar universiteti bitiruvchisi D.Narzullayeva ham tadbirda faol ishtirok etib, psixolog sifatidagi tajribalarini ham oshirishga erishdi. Xulosa o'rnida:  Do'ppi tikish nafaqat an'anaviy hunarmandchilik, balki samarali ruhiy terapiya usuli hamdir.

Bu jarayon insonni sabrlilikka, diqqat-e'tiborni oshirishga va ijobiy fikrlashga o'rgatadi.

Do'ppi tikish orqali shaxsiy o'sish, ichki orom va ijodiy ruhiy quvvat ta'minlanadi.

Jamoaviy ravishda do'ppi tikish ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashda  samarali usullardan biridir. 


Universitet psixologi M.K. Muhammedova  hamda "Fizika va kimyo" kafedrasi laboranti D. Narzullayevalar axboroti


"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmat