Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
17.07.2025

📍 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti tashabbusi bilan mahalladagi yoshlar o‘rtasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida shaxmat va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
🎯 Musobaqalarda ishtirok etgan mahalla-yoshlar o‘zlarining mantiqiy fikrlash salohiyati, epchilligi va jamoaviylik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tadbir davomida sog‘lom raqobat muhitida o‘zaro hurmat, do‘stlik va faollik ustuvor bo‘ldi.
🏆 G‘olib va faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔹 Bunday tadbirlar yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi, ularni yuksak maqsadlar sari ilhomlantiradi va jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.