TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida futbol musobaqalari o‘tkazildi
19.07.2025

2025-yilning 18-iyul kunida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro do‘stona muhitni kuchaytirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida futbol musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalarda maktabning turli sinf o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi. Har bir jamoa o‘zining g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi, jamoaviy harakati va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi. O‘yinlar shiddatli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, tomoshabinlarga haqiqiy futbol muhitini taqdim etdi.
Musobaqalar o‘quvchilarda nafaqat sportga bo‘lgan mehrni, balki jamoada ishlash ko‘nikmasini, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutdi.
Mazkur futbol musobaqasi “Dolzarb 90 kun” dasturining yoshlar salomatligi va faol hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan amaliy tashabbuslaridan biri bo‘ldi.





