"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida futbol musobaqalari tashkil etildi

22.07.2025

#Sport #Yangilik


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy faolligini oshirish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Shu maqsadda, joriy yilning 22 iyul kuni kuni universitet tashabbusi va mahallalar hamkorligida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu mahalla yoshlari tomonidan o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Musobaqa qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yoshlar nafaqat sportda o‘z mahoratini namoyon etdilar, balki do‘stlik va hamjihatlik muhitini yaratishda faol ishtirok etdilar.

Shuningdek, ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzi va sportning inson hayotidagi o‘rni haqida tushuntirishlar ham berildi.

Bu kabi sport tadbirlari yoshlarning faolligi va tashabbuskorligini oshirishda, ularni zararli odatlardan yiroqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.