Innovatsion yondashuv: dron bilan hasharotlarga qarshi kurash
28.07.2025
#Rektordan
#Yangilik

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti o‘quv tajriba xo‘jaligi maydonida 9 gektardan ortiq qishloq xo‘jalik ekinlar maydoni dron orqali hasharotlarga qarshi dorilandi.
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamkorligida innovatsion yondashuv asosida amalga oshirilgan ushbu jarayon yuqori aniqlik, tezlik va xavfsizlikni ta’minladi. Dron texnologiyasi nafaqat mehnat samaradorligini oshirdi, balki ekologik barqarorlikka ham xizmat qildi.









