Shihezi universiteti tomonidan tashkil etilgan yozgi maktab yakunlandi
29.07.2025
#Xalqaro hamkorlik
#Yangilik

Bugun Shihezi universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan yozgi maktab o‘z nihoyasiga yetdi va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar yozgi maktabdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, iliq fikrlar bildirishdi.
Yozgi maktab davomida ikki davlat universitetlari o‘rtasida samarali bilim almashinuvi, ilmiy hamkorlik va talabalar almashinuvi masalalari muhokama qilindi. Suhbatlar do‘stona muhitda o‘tib, maktab mazmunan boy va chiroyli yakun topdi.
Ushbu yozgi maktab ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, ilm-fan sohasida yangi imkoniyatlar ochish va tajriba almashish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova





