Yutuq! Yoshlar ilmi va amaliyotda!

31.07.2025

#Moliyaviy #Yangilik

  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi 2-bosqich doktoranti Yaxyoyev Feruzjon Aloyevich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Akademik harakatchanlik”  tanlovida universitetimiz nomidan ishtirok etib "Polietilen chiqindilarni qayta ishlashda elektr-energiya, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyasi" nomli loyihasini amalga oshirish uchun 70 000 000 so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritdi.