ERASMUS+ GDCAU loyihasi doirasida ta’lim sohasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish davom etmoqda

08.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  4-dekabr kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi "Toshkent xalqaro uyi" akademik litseyida ERASMUS+ GDCAU loyihasi doirasida tashkil etilgan navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni universitetning "Menejment va turizm" kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Shavqidinova "Barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’limga integratsiyalash" mavzusida olib bordi.

  Seminarda akademik litseyning 15 nafar o‘qituvchisi ishtirok etib, Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ning ahamiyati va dolzarbligi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Ishtirokchilar ta’lim jarayoniga BRM tushunchalarini kiritish, o‘quvchilarning xabardorligini oshirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ekologik savodxonlikni kuchaytirish, ta’lim orqali adolatli va barqaror jamiyatni shakllantirish yo‘llarini o‘rgandilar.

  Seminarda ma’ruzalar, munozaralar va interaktiv tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir yakunida o‘qituvchilar o‘z fanlari bo‘yicha yangi olingan bilimlarni qo‘llashga va BRMga yo‘naltirilgan yondashuvlarni o‘qitish amaliyotiga faol joriy etishga kelishib oldilar.