Olmaota shahrida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti ishtirokida LESLIE loyihasining sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
08.12.2025
2025-yil 4–5 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida Erasmus+ LESLIE loyihasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir Al-Farabi nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti mezbonligida o‘tkazilib, unda Yevropa va Markaziy Osiyodagi bir nechta oliy ta’lim muassasalaridan vakillar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidan Sh. Raxmonov va I. Bozarovlar qatnashib, universitet nomidan faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlanmalar, mikro-kvalifikatsiyalarni joriy etish tajribalari, shuningdek, ta’lim sifati va onlayn o‘quv vositalarini rivojlantirish bo‘yicha umumiy g‘oyalar muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir yakunida mehmonlar uchun Al-Farabi KazNU kampusiga qisqa ekskursiya uyushtirildi. LESLIE loyihasi doirasida bunday uchrashuvlar mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.