8-dekabr — Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir
08.12.2025
#Rektordan
#Yangilik
Joriy yil 6-dekabr kuni universitetning Madaniyat saroyida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tantanali tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirga bag‘rikenglik, qonun ustuvorligi va fuqarolik mas’uliyati kabi ezgu g‘oyalar ruhi singdirildi.
Tadbirni universitet rektori B. Mirzayev ochib, Konstitutsiyamiz ahamiyati, uning mamlakat taraqqiyoti va yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr yuritdi. Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy dasturlar, sahnaviy chiqishlar va qomusimiz targ‘ibotiga qaratilgan taqdimotlar namoyish etildi.
Ushbu bayramona uchrashuv barcha qatnashchilarda yurtga muhabbat, qonunga hurmat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.