“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi o‘rtasida xalqaro hamkorlik
11.12.2025
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasida Germaniyaning Drezden texnika universiteti hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining universiteti (United Nations University) dan tashrif buyurgan taniqli olim Dr. Alexey Alexseenko ishtirokida ochiq dars tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi magistrantlarga, resurslarning o‘zaro bog‘liqligi, rekultivatsiya, Atrof-muhitni tiklash va post-industrial transformatsiyalar, haqida chuqur bilim berishdan iborat bo‘ldi. Seminar davomida ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar, xalqaro tajribalar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir interaktiv savol-javoblar asosida faol o‘tkazildi. Dr. Alexey Alexseenko bilan tashkil etilgan ochiq dars tinglovchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularga xalqaro tajribani yetkazishga keng imkoniyat yaratdi.