Janubiy Koreya-O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi avlod ta’lim hamkorligi boshlandi
11.12.2025
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Keimyung Kollej Universiteti (KMCU) o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan Leading University Project for International Cooperation (LUPIC) loyihasi asosida Global Technical Volunteering Program 2025-yil 8–14-dekabr kunlari Toshkent va Samarqandda o‘tkazilmoqda.
Loyiha o‘zida nafaqat mahorat darslarini, balki xalqaro standartlarda ta’lim, texnologiya almashinuvi, IT va raqamli innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha yirik platformani mujassam etadi.
Dasturning asosiy maqsadi
- • O‘zbekiston va Koreya talabalarini qo‘shma texnik va kreativ loyihalarga jalb qilish
- • Professor-o‘qituvchilar uchun global metodika va ta’lim standartlarini olib kirish
- • “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida tashkil etilayotgan DEISC- Digital Education Innovation Support Centre faoliyatiga poydevor yaratish
- • IT, mexatronika, dizayn va raqamli ta’lim bo‘yicha yetakchi tajribalarni o‘zlashtirish
Tadbir haqida umumiy ma’lumot
O‘tkazilgan joylar: Toshkent va Samarqand
Hamkorlar: Keimyung Kollej Universiteti , “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida / Samarkand VTC (Kasb-hunar markazi)
Muddat: 8–14-dekabr, 2025-yil
Ishtirokchilar soni: 20 nafar
Ishtirokchilar ro‘yxati:
KMCU jamoasi (jami 13 nafar ishtirokchi)
- Sangseog Lee – Muhandislik kafedrasi, loyiha direktori (professor)
- Dongjun Lee – Visual Design kafedrasi, volontyorlik direktori (professor)
- Yelim Kim – Xalqaro hamkorlik jamoasi, tadqiqotchi
- Juwon Kim – Xalqaro hamkorlik jamoasi, volontyorlik dasturi koordinatori
- Jaeeun Kim – Visual Design yo‘nalishi, talaba
- Jiwoo Kim – Visual Design yo‘nalishi, talaba
- Minhyuk Park – Talaba, guruh vakili
- Shinwoo Park – Talaba
- Hyebin Jo – Talaba
- Doeon Kim – Muhandislik yo‘nalishi, talaba
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti jamoasi
- Go‘zal Eshchanova – “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti, DEISC mas’uli
- Almardon Mustafoqulov – Elektrotexnika va Mexatronika kafedrasi assistenti
- Axmad Kurbanbayev – IT ko‘nikmalari bo‘yicha mas’ul
- Ruhshona Bahodirbekova – IT ko‘nikmalari bo‘yicha mas’ul
- Shahnoza Jumanazarova – Mexatronika va Robotexnika yo‘nalishi talabasi
- Shamshod Haydarov – Mexatronika va Robotexnika yo‘nalishi talabasi
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti uchun LUPIC dasturining ulkan imkoniyatlari
1. Professor-o‘qituvchilar uchun – global ta’lim standartlariga chiqish
Koreyalik mutaxassislarning Visual Design, Muhandislik va IT bo‘yicha treninglari o‘qituvchilarga:
- ✔ raqamli pedagogika metodlari
- ✔ interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar dizayni
- ✔ loyiha asosida o‘qitish modeli
- ✔ kreativ ta’lim usullari kabi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishga imkon beradi.
Bu tajribalar “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti raqamli ta’limni yangi bosqichga olib chiqadi.
2. Talabalar uchun – yuqori texnologiyalar bilan bevosita ishlash imkoniyati
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti talabalari:
- ✔ 3D modellashtirish (SolidWorks)
- ✔ sanoat texnologiyalari va MCT
- ✔ veb-dizayn va UI/UX
- ✔ qisqa videokontent yaratish
- ✔ koreyalik talabalar bilan qo‘shma IT loyihalar
kabi yo‘nalishlarda amaliy ko‘nikma oladi.
Bu ularni xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh qiladi.
3. Xalqaro loyihalarda ishtirok tajribasi
LUPIC orqali “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti jamoasi:
- ✔ qo‘shma grantlar
- ✔ ta’lim texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar
- ✔ xalqaro konsorsiumlar
- ✔ raqamli ta’lim bo‘yicha strategik loyihalar bilan shug‘ullanish malakasiga ega bo‘ladi.
Bu “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetini global ilmiy ta’lim maydonida faol ishtirokchi sifatida tanitadi.
DEISC – Digital Education Innovation Support Centre uchun yangi ufqlar
LUPIC dasturida olingan bilim va ko‘nikmalar kelajakda DEISC markazining asosiy tarkibiy qismlarini shakllantiradi.
DEISC markazi qanday imkoniyatlarni yaratadi?
- -Zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalari – AR/VR, 3D modellashtirish, multimediali o‘quv kontenti
- -IT kurslar uchun yangicha o‘quv modullari – Koreya modeli asosida
- -O‘qituvchilar uchun Digital Pedagogy markazi – master-klasslar, treninglar, malaka oshirish
- -Talabalar uchun texnologik laboratoriyalar IT, dizayn, mechatronics bo‘yicha loyihaviy markaz Universitetni raqamli innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi maskanga aylantirish “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Markaziy Osiyodagi raqamli ta’lim markazi sifatida ilg‘or o‘ringa olib chiqish
Bu loyiha orqali:
- • “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti innovatsion ta’lim modeli yaratadi
- • O‘qituvchilar – global metodikani o‘zlashtiradi
- • Talabalar – yuqori texnologiya bilan ishlaydi
- • Universitet – xalqaro hamkorlikning yangi cho‘qqisiga ko‘tariladi
- • DEISC – raqamli ta’lim bo‘yicha yetakchi markazga aylanadi
Bu loyiha “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti rivojlanishining yangi davrini boshlab beradi.