Gidrotexnika qurilishi fakultetida “Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi
12.12.2025
2025-yil 11-dekabr kuni soat 10:00 da B-binoning 3-qavatidagi majlislar zalida Gidrotexnika qurilishi fakulteti 4-bosqich talabalari uchun “Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani, kafedra mudirlari, tegishli bo‘linmalar mas’ullari hamda “Suvloyha” MCHJ, “Texnopark” MCHJ va Toshkent GESlar kaskadi xodimlar bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi. Mehmonlar tomonidan talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyoti va stajirovka jarayonlari, bitiruvchilarni ishga qabul qilish tartibi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozori talablari hamda karyera istiqbollari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar amaliyot o‘tash tartibi, ishga kirish jarayonida talab etiladigan hujjatlar, mehnatga haq to‘lash tizimi hamda tegishli korxonalarga murojaat qilish mexanizmlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘lladilar. Tashkilot mutaxassislari tomonidan berilgan barcha savollarga asoslantirilgan, batafsil javoblar taqdim etildi.
“Karyera kuni” tadbiri talabalar kasbiy rivojlanishi, mehnat bozoriga tayyorgarligi va kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi platforma sifatida xizmat qildi.
Universitet matbuot xizmati