Erasmus+ 2025 Milliy Axborot kunida GDCAU loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

12.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Erasmus+ 2025 Milliy Axborot kuni doirasida GDCAU (Green Deal for Central Asia Universities) loyihasiga bag‘ishlangan maxsus sessiya tashkil etildi. Unda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidagi loyihaning menejeri Iqboljon Bozarov loyihaning maqsadlari va asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

  Taqdimot davomida u loyiha boshqaruvida qo‘llaniladigan samarali yondashuvlar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan qiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha tavsiyalar hamda hisobotlarni to‘g‘ri yuritishning muhim jihatlarini yoritib berdi. Shuningdek, loyiha jarayonlarida muddatlarni nazorat qilish va hujjatlarning aniqligini ta’minlash bo‘yicha foydali ko‘rsatmalar berildi.

  Tadbir doirasida Iqboljon Bozarov Zoom, Google Calendar va Gmail kabi raqamli vositalardan foydalanib haftalik ishlarni rejalashtirish bo‘yicha amaliy master-klass ham o‘tkazdi. Ushbu trening ishtirokchilarga vaqtni boshqarish, ish jarayonlarini tizimlashtirish va masofaviy hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish borasida qo‘shimcha ko‘nikmalar berdi.