LONGi kompaniyasiga tashrif
12.12.2025
Joriy yilning 11-dekabr kuni “ET va
QTEM” kafedrasi vakillari va talabalari Xitoyning yetakchi fotoelektr kompaniyalaridan
biri bo‘lgan LONGi Green Energy Technology Company Limited korxonasining
mamlakatimizdagi filialiga tashrif buyurdilar.
LONGi Green
Energy Technology Company Limited — Xitoyning fotoelektr sohasidagi kompaniyasi bo‘lib,
dunyodagi eng yirik kremniy plastinalari, fotoelementlar va quyosh modullari ishlab
chiqaruvchilaridan biridir. LONGi polikremniy, kremniy plastinalari va
sterjenlari, fotoelementlar va quyosh modullarini ishlab chiqaradi, shuningdek,
quyosh elektrostansiyalarini loyihalash va qurish bilan ham shug‘ullanadi.
LONGining ishlab chiqarish korxonalari Xitoy, Vetnam, Malayziya va Hindistonda joylashgan,
yirik sotuv bo‘limlari esa AQSh, Yaponiya, Avstraliya, Hindiston va BAAda faoliyat
yuritadi.
Kompaniyaning so‘nggi yillarda erishgan
antijalari va kelgusidagi faoliyatini bilan
yaqindan tanishish va o‘zaro hamkorlikni yuqori cho‘qqilarga olib chiqish maqsadida
navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida qayta tiklanuvchi energiya
sohasida loyihalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari, universitetning ilmiy-tadqiqot
faoliyatida LONGi texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari, talabalar uchun amaliy
tajriba va stajirovka dasturlari, quyosh energetikasi sohasida tajriba almashish
va qo‘shma seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kafedraning “Muqobil energiya manbalari” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs
bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun “Fotoelektr stansiyalarni loyihalashtirish
va o‘rnatish” bo‘yicha 2 haftalik o‘quv trening kursi tashkil etilib, navbatdagi
darsda fotoelektrik stansiyalarni loyihalashtirish jarayonida talabalar asosiy e’tiborini
nimalarga qaratish lozimligi va maxsus dastur (PVsyst, PV*SOL va h.k.) lardan foydalanish
bo‘yicha nazariy bilimlar berildi. Darsning ikkinchi qismida esa talabalarning olgan
nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida pvmasterlongi.com platformasi orqali
“TIQXMMI” MTU hududidagi binolardan biri tanlab olinib, uning tom qismiga qay tarzda
quyosh panellarini loyihashtirish kerakligini o‘rgandilar.