LONGi kompaniyasiga tashrif

12.12.2025

#Ta`lim

Joriy yilning 11-dekabr kuni “ET va QTEM” kafedrasi vakillari va talabalari Xitoyning yetakchi fotoelektr kompaniyalaridan biri bo‘lgan LONGi Green Energy Technology Company Limited korxonasining mamlakatimizdagi filialiga tashrif buyurdilar.

LONGi Green Energy Technology Company Limited — Xitoyning fotoelektr sohasidagi kompaniyasi bo‘lib, dunyodagi eng yirik kremniy plastinalari, fotoelementlar va quyosh modullari ishlab chiqaruvchilaridan biridir. LONGi polikremniy, kremniy plastinalari va sterjenlari, fotoelementlar va quyosh modullarini ishlab chiqaradi, shuningdek, quyosh elektrostansiyalarini loyihalash va qurish bilan ham shug‘ullanadi. LONGining ishlab chiqarish korxonalari Xitoy, Vetnam, Malayziya va Hindistonda joylashgan, yirik sotuv bo‘limlari esa AQSh, Yaponiya, Avstraliya, Hindiston va BAAda faoliyat yuritadi.

Kompaniyaning so‘nggi yillarda erishgan antijalari va kelgusidagi  faoliyatini bilan yaqindan tanishish va o‘zaro hamkorlikni yuqori cho‘qqilarga olib chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida qayta tiklanuvchi energiya sohasida loyihalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari, universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyatida LONGi texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari, talabalar uchun amaliy tajriba va stajirovka dasturlari, quyosh energetikasi sohasida tajriba almashish va qo‘shma seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

               Shuningdek, kafedraning “Muqobil energiya manbalari” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun “Fotoelektr stansiyalarni loyihalashtirish va o‘rnatish” bo‘yicha 2 haftalik o‘quv trening kursi tashkil etilib, navbatdagi darsda fotoelektrik stansiyalarni loyihalashtirish jarayonida talabalar asosiy e’tiborini nimalarga qaratish lozimligi va maxsus dastur (PVsyst, PV*SOL va h.k.) lardan foydalanish bo‘yicha nazariy bilimlar berildi. Darsning ikkinchi qismida esa talabalarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida pvmasterlongi.com platformasi orqali “TIQXMMI” MTU hududidagi binolardan biri tanlab olinib, uning tom qismiga qay tarzda quyosh panellarini loyihashtirish kerakligini o‘rgandilar.