Ta’lim sifatini yaxshilash oliy maqsad

13.12.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  Xabar qilinganidek “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Janubiy Koreyaning Keimyung Collage University bilan hamkorlikdagi “Leading University Project for International Cooperation(LUPIC) KMCU and “TIIAME” NRU Global Technical Volunteering Program” dasturi asosida universitetimizning Ingliz tili kafedrasi dotsenti Eshchanova Go‘zal va “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi assistenti Alimardon Mustafoqulov hamda talabalar Boxodirbekova Ruxshonaxon, Kurbanbayev Axmad, Xaydarov Shamshodbek va Jumanazarova Shahnozalar Samarqandning “KOICA” kasbga o‘qitish markazida tashkil etilgan seminarda ishtirok etmoqda va koreyalik professorlardan Mexatronika va Veb dizayn bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalarni egallashmoqda.

Universitet matbuot xizmati