Yoshlar tarbiyasida oila va mahallaning o‘rni
13.12.2025
2025-yil 12-dekabr kuni Yashnobod tumanidagi “PARVOZ” mahallasida tarbiyasi og‘ir bo‘lgan yoshlar bilan profilaktik va tarbiyaviy yo‘nalishda suhbat tashkil etildi. Mazkur uchrashuv mahalla faollari va Z.Xafizova.ishtirokida suhbat o‘tkazildi. PARVOZ MFY raisi A.Shukurov so‘zga chiqib, yoshlar tarbiyasi haqida gapirib o‘tdi.
Suhbat davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ta’lim va kasbga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning muammolari tinglanib, ularga amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, yoshlarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.