“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” davlat muassasasi direktori Hakimov Marks Ataxanovich bilan uchrashuv o‘tkazildi

27.01.2026

#Rektordan

Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga yuborish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha boshlang‘ich kelishuvlarga erishildi.

Ushbu tashrif ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.