驾驶学校
Birinchi Xalqaro Ekologiya Festivali doirasida talabalar ishtirokida Ekologik Forum tashkil etildi
2025-yil 31-may kuni Birinchi Xalqaro Ekologiya Festivalining ikkinchi kuni doirasida universitetimizda xalqaro talabalar va universitetimiz o‘qituvchilari hamda ularning farzandlari ishtirokida ekologik forum bo‘lib o‘tdi.
Forumda universitetimiz o‘qituvchilari hamda ularning farzandlari, Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Turkmanistonlik talabalar faol ishtirok etdilar.
Forumda har bir jamoa 4 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lib, ular universitet va maktablar uchun ekologik muhitga oid kichik loyihalarni taqdim etdilar. Loyihalar quyidagi 5 yo‘nalish bo‘yicha baholandi: Kreativ yondashuv, iqtisodiy echim, ijtimoiy ahamiyat, barqarorlik hamda ekologik yechim.

Eng kuchli loyiha sifatida kichik yoshdagi bolalar tomonidan taqdim etilgan “Tabiatga do‘st maktab” loyihasi Grand Prix mukofotiga loyiq deb topildi. Bu loyiha ko‘pchilikning e’tiborini tortdi va ekologik ta’limning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Festivalning ikki kunlik dasturini mazmunli, tartibli va samarali tashkil etishda ko‘mak bergan: Ekologiya va huquq fakulteti dekani Pirmatov Xabibullo, “Yashil yurak” jamiyati faol talabalari, ko‘rgazmalar bilan ishtirok etgan tashkilotlar va lmiy ishlari bilan qatnashgan tayanch doktorantlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Yashil Yurak jamiyatining navbatdagi uchrashuvi: Ekologik tadbirlarga tayyorgarlik muhokama qilindi
Ekologik muammolar va yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish
Butunjahon tozalik kuni tadbiri
Ekoturizm tabiatni muhofaza qilish
“Green Deal for Central Asian Universities” loyihasi bo‘yicha ilk seminar bo‘lib o‘tdi
Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki
O‘quv-tajriba xo‘jaligi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
“Yashil makon” umumilliy loyihasi tadbiri “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida
“Yashil makon” loyihasi davom etmoqda
Yashil makon-tabiat va inson uyg‘unligi muvozanati
Hydroliders jamoasining “Green Start” START-UP loyihasi g‘olibi
Universitet jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasiga hissa qo‘shdi