"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida 2025/2026 o‘quv yiliga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi
25.09.2025
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining 2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul chegaralarga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining miqdorlari
✅ Tez orada kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnomalarga ariza topshirish imkoniyati yaratiladi.
❔Savollaringiz bo‘lsa, Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 +998712371987
IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan.
- ➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
- ➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
- ➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
- ➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Pdf yuklab olish: https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/bb0ae531e9be46af94adef072ddd9888.pdf