Vakansiyalar

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida hozirgi vaqtda mavjud lavozimlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emas.


Tyutorlik lavozimi bo‘yicha ma’lumot
Universitetda tyutorlik lavozimi bo‘yicha ham ayni vaqtda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emas.
Shu bilan birga, tyutorlik lavozimiga ishga qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandida belgilangan malaka talablariga rioya etiladi.

Mazkur talablarga muvofiq, tyutor lavozimiga nomzod oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lishi, pedagogik-psixologik bilim va ko‘nikmalarga, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo‘yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lishi, shuningdek, yuksak shaxsiy fazilatlari, mas’uliyati va tashabbuskorligi bilan ajralib turishi lozim. Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega nomzodlarga afzallik beriladi.

Eslatma: Universitetda bo‘sh ish o‘rinlari yuzaga kelgan taqdirda, ular haqidagi ma’lumotlar ushbu bo‘limda e’lon qilinadi.