Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
Norimov Sarvar Elmurodovich
Tel: 71 237 19 87
Email: manaviyat_z@tiiame.uz
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat
bo‘limi 1997-yilda tashkil etilgan. Bo‘lim o‘z vazifalaridan kelib chiqib,
talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr –
muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga
e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir universitetda
o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek,
iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish
maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garaklar, klub va yig‘inlarni tashkil
etadi va muvofiqlashtiradi.

maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garaklar, klub va yig‘inlarni
tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
Shu bilan birga talabalar turar joylarida
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi hamda universitet Axborot-resurs
markazining ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qilib boradi. Bo‘lim yuqoridagi
ishlarni amalga oshirishda universitetning jamoat tashkilotlari ya’ni
universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich
tashkiloti hamda Xotin-qizlar malahat kengashi, universitet madaniyat saroyi
hamda “Gumanitar fanlar”, “Professional ta’lim” va “Jismoniy madaniyat va
sport” kafedralari bilan chambarchas holda faoliyat olib boriladi
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitet jamoasi,
ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va
qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi
teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan
uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga
oshiradi.
Bo‘lim boshlig‘i, 4 nafar
uslubchilar, universitet psixologi, universitet akademik guruhlari tyutorlari,
talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari, madaniyat saroyi xodimlari, Besh
muhim tashabbus markazi faoliyati
Bo‘limining asosiy maqsadi
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy
dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan
himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi
sifatida tarbiyalashdan iborat.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- - talabalarni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston
Respublikasining haqiqiy
fuqarolari etib shakllantirish;
- - Vatan oldidagi fuqarolik
va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
- - talabalarda kasb xunarni
mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
- - talabaning shaxs
sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va
takomillashtirish;
- - talabalarni ijtimoiy
faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy
mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
- - talabalar
ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va
taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
- - talaba yoshlarga salbiy
illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy
oqibatlarini anglatish;
- - talaba yoshlarni bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida
ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
- - manzillashgan
ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
- - Yangi O‘zbekiston
sharoitida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba
yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
- - talaba-yoshlar orasida
axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish
ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- - milliy urf-odatlar,
qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni
tashkil etish;
- - talabalarning ma’naviy va
jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga
ko‘maklashish;
- - universitetda ma’naviy,
ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu
borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga
oshirilishini ta’minlash;
- - diniy ekstremizm,
terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida
talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- - yoshlarning musiqa,
rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini
oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish
- - yoshlarni jismoniy
chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari
uchun zarur sharoitlar yaratish;
- - yoshlar ma’naviyatini
oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- - talaba qizlarni
kasb-hunarlar egallashlariga ko‘maklashish ishlarini tizimli tashkil
etish;
- - Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda
faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan
hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok
etishdan iborat.